Toshkentda uy-joylar qanchaga qimmatlagani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Poytaxtda uy-joy narxlari o‘sishda davom etmoqda. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislarining Toshkent shahrida uy-joy narxlarining o‘zgarishi bo‘yicha tahlilida ma’lum qilingan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023 yilning avgust oyida uy-joy o‘rtacha narxining yillik eng yuqori o‘sishi Yunusobod (37,1 foiz) va Mirzo Ulug‘bek (35,7 foiz) tumanlarida qayd etilgan. Nisbatan kamroq o‘sish Sergeli (27,8 foiz) va Olmazor (24,4 foiz) tumanlarida kuzatilgan. 

Bundan tashqari, Mirzo Ulug‘bek (12 foiz) va Chilonzor (10,6 foiz) tumanlarida ko‘chmas mulk egalari uylarini ijaraga berishidan (uy qiymatiga nisbatan) eng yuqori daromad olmoqda. Sergeli (8,5 foiz) va Uchtepa (8,2 foiz) tumanlari esa nisbatan pastroq ko‘rsatkich bilan quyi o‘rinlarda turibdi.

Mutaxassislarning fikricha, agar 2023 yilning sentyabr oyida Global Property Guide nashri tomonidan 58 ta davlat uchun e’lon qilingan uy-joyni ijaraga berishdan olinadigan o‘rtacha daromad reytingiga Toshkent shahri (10 foiz) qo‘shilganida, Gruziyadan (12,4 foiz) keyin 2-o‘rinni egallagan bo‘lardi. Mazkur reytingda Gruziyadan keyingi o‘rinlarni Janubiy Afrika Respublikasi (9,9 foiz), Irlandiya (8,1 foiz), Puerto-Riko (8,1 foiz), Latviya (7,8 foiz), Kolumbiya (7,7 foiz), Marokash (7,6 foiz), Indoneziya (7,6 foiz) va Litva (6,7 foiz) davlatlari band etgan. 

Tumanlar va uylar bo‘yicha ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar narxining o‘zgarishidan olinadigan foyda va ijara daromadlarining birgalikdagi ta’siri baholanganda 2 va 3 xonali turar joylar investitsiyalarning daromadliligi nuqtai nazaridan istiqbolli bo‘lib chiqqan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

uy-joylar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing