Toshkentda uy-joy fondi va ijtimoiy soha ob’ektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash boshlandi

Jamiyat

image

Bugun, 22 may kuni Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahri iqtisodiyot tarmoqlari, uy-joy fondi va ijtimoiy soha ob’ektlarini 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash to‘g‘risida“gi qarori qabul qilindi. Bu haqda hokimlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, qarorda joriy yilda kommunal sohada amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bir qator ishlar, jumladan, Toshkent shahrida ko‘p kvartirali uy-joy fondini va ijtimoiy soha ob’ektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, yangi lokal qozonxonalar qurish, mavjud yer osti va yer usti issiqlik tizimlarini mukammal va joriy ta’mirlash, yangi lift uskunalari, smart hisoblagichlarni o‘rnatish, bolalar maydonchalarini qurish va ta’mirlash, irrigatsiya tizimlarini yangilash, oqava suv tarmoqlarini yangidan qurish, transformator punktlarini yangilash va yana bir qator vazifalar belgilangan.

Ko‘p kvartirali uy-joylar, iqtisodiyot va ijtimoiy soha ob’ektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari 2020 yilning 15 sentyabr kuniga qadar yakunlanishi belgilangan.

2020-2021 yillarda kommunal sohada bajarilishi rejalashtirilgan ishlarning ayrimlari quyidagi ma’lumotlarda aks etgan.

 

Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Kuz-qish mavsumi

Baholaganlar

13

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing