Toshkentda uy olib beraman deb fuqarolarni 313 mlnga chuv tushirgan firibgar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkentda fuqarolarga imtiyozli narxlarda uy olib berishni va’da qilib, ularning ko‘p miqdordagi pul mablag‘ini o‘zlashtirgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvida, ayblanuvchi G.U uy olib berish evaziga har bir fuqarodan 850 AQSH dollaridan jami 313,5 mln so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, ayblanuvchi G.U avval ham jinoyatlari uchun sudlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan ayblanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing