Toshkentda o‘tadigan boks chempionatiga boykot e’lon qilgan jamoalar soni oshib bormoqda
Sport
−
15 fevral 2023
21267Joriy yilning 1-14 may kunlari Toshkent shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionati bahslari o‘tkaziladi. Kecha, 14 fevral kuni bir qator boks federatsiyalari Toshkent mundialiga boykot e’lon qildi. Bu haqda “Tribuna.com” sayti xabar berdi.
Irlandiya va Chexiya boks federatsiyalari 2023 yil mart oyida Hindistonning Dehli shahri mezbonlik qiladigan ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatida, shuningdek Toshkentda o‘tadigan erkaklar o‘rtasidagi dunyo birinchiligida ishtirok etmaydi. Ikki mamlakatning mundialda qatnashmasligiga sabab, Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyovning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan yaxshi munosabatda ekanligi va IBA’ning “Gazprom” bilan hamkorllik qilishidir.
Yana bir sabab Xalqaro boks assotsiatsiyasining Rossiya va Belarus bokschilariga o‘z bayroqlari ostida Jahon chempionatida ishtirok etishga ruxsat bergani bo‘lmoqda.
Qayd etilishicha, Buyuk Britaniya va Kanada ham bo‘lajak Jahon chempionatiga boykot e’lon qilishga yaqin turibdi.
Eslatib o‘tamiz, 9 fevral kuni AQSH jamoasi ham Toshkent mundialida ishtirok etish niyatida emasligini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi