Toshkentda o‘ta og‘ir jinoyatda gumonlanayotgan erkak qidirilmoqda
3-sahifa
−
18 aprel 2022
26742Toshkentda o‘ta og‘ir jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan 46 yoshli erkak qidirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, qidiruvdagi shaxs – Akmal Gafurovich Hasanov. U 1976 yilda tug‘ilgan va hozirda o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda gumonlanmoqda.
“Agar siz Hasanov Akmal haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz yoki unga o‘xshash shaxsni ko‘rsangiz, 33-300-00-79, 71-281-90-92, yoki 102 raqamlari orqali xabar berishingizni so‘raymiz. Amaliy yordamingiz uchun oldindan minnatdorlik bildiramiz! Maxfiylik kafolatlanadi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi