Toshkentda o‘pirilib tushgan tunnel yo‘li yopildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent shahridagi Temur Malik va Buyuk Ipak yo‘li ko‘chalari kesishmasi atrofidagi yangi tunnel yo‘lida tirgak devorning bir qismi qisman o‘pirilib tushgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur hodisa ortidan ushbu yo‘lning bir qismi vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda zarur texnik ishlarni amalga oshirish maqsadida Temur Malik ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bilan kesishmasidan Sultoniya ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi barcha avtoransport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi.

Shu o‘rinda, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi bo‘ylab harakatlanish cheklanmaydi, biroq Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasidan Temur Malik ko‘chasiga tushish-chiqish yo‘llari vaqtincha yopiladi. 

Mazkur cheklovlar ishlar to‘liq yakunlangunga qadar amal qiladi. Haydovchilardan yo‘nalishlarni oldindan rejalashtirish, vaqtincha o‘rnatilgan yo‘l belgilariga hamda mas’ul xizmatlar xodimlari ko‘rsatmalariga qat’iy rioya etish so‘raladi. Harakat qayta tiklanishi haqida qo‘shimcha axborot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, yo‘l o‘pirilishiga sabab sifatida dastlabki taxminlar qatorida so‘nggi kunlardagi kuchli yog‘ingarchilik ta’siri, jumladan, tuproqning haddan tashqari namlanishi va konstruksiyaga tushadigan yuklamaning ortishi kabi omillar ko‘rib chiqilmoqda. Shu bilan birga, loyihaviy yechimlar, qurilish-montaj ishlari sifati, drenaj tizimining holati, qurilish nazorati hamda ob’ektni qabul qilib olish tartibi kabi barcha tegishli holatlar ham tekshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Buyuk Ipak yo'li yo'l harakati xavfsizligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing