Toshkentda universitet mansabdorlari byudjetni o‘mardi
3-sahifa
−
26 dekabr
6676Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiya universiteti Toshkent filiali mansabdorlari 740 mln so‘mlik ish haqini ortiqcha to‘lab yuborib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganligi aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot kotibi Sherzod Saparov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga kelib tushgan murojaatga asosan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiya universiteti Toshkent filiali faoliyati o‘rganilgan.
“O‘rganish natijasida filialning mansabdor shaxslari qonunchilik talablariga zid ravishda 740 mln so‘mlik ish haqini ortiqcha to‘lab yuborib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganligi aniqlandi”, deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan filial mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda o‘rganish jarayonida to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ohangaron shahar kasb-hunar maktabi buyurtmachiligida joriy yilning avgust oyida isitish tizimini ta’mirlash uchun zaruriy mahsulotlar xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan 403 mln so‘mlik davlat xaridida qonunbuzilishlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangandi.
LiveBarchasi