Toshkentda o‘quvchini maktab devori bosib qolgani yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi
3-sahifa
−
03 avgust 2022
15053Avvalroq, Toshkentning Olmazor tumanidagi 234-sonli maktabda o‘quvchini maktab devori bosib qolgani haqida xabar bergandik. Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Shamsutdinovga ko‘ra, o‘quvchini devor bosib qolishi holati bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan qo‘shimcha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari davom etayotganini ma’lum qilgandi.
Ijtimoiy tarmoq vakillarining fikricha, maktab ma’muriyati mazkur o‘quvchi o‘limini yashirishga uringan. Faollar maktabning avariya holatda ekani, umuman, maktab direktori faoliyatini tanqid qilgan.
LiveBarchasi