Toshkentda o‘quvchi o‘z o‘qituvchisini akalariga kaltaklatdi
3-sahifa
−
07 noyabr 2022
9662Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan 213-maktabning informatika fani o‘qituvchisi o‘quvchining akalari tomonidan kaltaklandi. Ushbu holat yuzasidan Mirobod tumani hokimligi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 3 noyabr kuni taxminan soat 9:15 larda, ya’ni tanaffus vaqtida maktab binosining 2-qavatida sodir bo‘lgan.
Xabarga ko‘ra, informatika fani o‘qituvchisi S.Axmedov 9-sinf o‘quvchisi M.T.ga 1-chorakda informatika fanini yaxshi o‘zlashtirmagani sababli chorak baho qo‘ymasligini aytgan. Shundan so‘ng, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan.
M.T. esa ushbu holatni akasi T.M. ga aytgan.
Shundan so‘ng o‘quvchining 213-maktabni 2021 yil tamomlagan akasi Mirobod tumanida yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan T.M. hamda akasining do‘sti 2004 yilda tug‘ilgan G‘.B. maktabga kelgan va informatika o‘qituvchisi bilan gap talashgan. Natijada ikkala sobiq o‘quvchi informatika o‘qituvchisiga tan jarohati yetkazib, voqea joyidan qochib ketgan.
Maktab direktori S. Irgasheva esa bu holatdan so‘ng Ichki ishlar organlarini faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boshqarmaga xabar bergan.
Ta’kidlanishicha, mazkur holat bo‘yicha Mirobod tumani IIOFMB da surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi