Toshkentda o‘quvchi sinfdoshini pichoqlab qo‘ydi
3-sahifa
−
21 fevral 2023 13071 1 daqiqa
Bugun, 21 fevral kuni Toshkentda 11-sinf o‘quvchisi sinfdoshini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrida joylashgan 162-sonli maktabda o‘qib ketgan, hozirda Zangiota tumanida o‘qiyotgan M.A. baholar tabelini olish maqsadida avvalgi maktabiga kelgan.
M.A. maktabda sobiq sinfdoshlari bilan o‘tirgan vaqtida 11-"V" sinf o‘quvchisi R.I. unga tashqariga chiqishini aytgan, chiqqandan so‘ng maktabga nega meni ruxsatimsiz kelasan deb zo‘ravonlik kilgan. U M.A.ga tarsaki tushirgan va shu payt o‘rtog‘i S.A. ularni ajratmoqchi bo‘lganida uni ham urgan.
S.A. yonida bo‘lgan pichoq bilan sinfdoshi R.I.ning qorin qismiga jarohat yetkazgan va shundan so‘ng tez tibbiy yordam chaqirtirilgan.
Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazining ma’lumotnomasiga ko‘ra, R.I.ga qorin old devorini teshib kiruvchi kesilgan-sanchilgan jarohati tashxisi qo‘yilgan.
Mazkur xolat bo‘yicha S.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi