Toshkentda o‘quvchi 4 qavatdan tushib ketib, vafot etdi

3-sahifa

image

Maktab-internat yotoqxonasining to‘rtinchi qavatidan tushib ketib, og‘ir jarohat olgan o‘quvchi 10 kunlik davolanishdan so‘ng vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Bildirilishicha, Sh. J. ismli o‘quvchi bundan 10 kun avval maktab-internat yotoqxonasining to‘rtinchi qavatidan tushib ketgan. Og‘ir jarohat olgan o‘quvchi shifoxonaga yotqizilgan va shundan buyon davolanib kelgan. Biroq kecha, 15 sentyabr kuni o‘quvchi vafot etgan.

Qayd etilishicha, Sh. J. iqtidorli o‘quvchilardan biri bo‘lgan. U matematika va ilmiy yo‘nalishdagi respublika hamda xalqaro tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni egallab kelgan.

Jumladan, joriy yilda Olmaota shahrida o‘tkazilgan yosh tadqiqotchilar xalqaro turnirida uning jamoasi birinchi o‘rinni egallab, oltin medalni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u Sa’di Sirojiddinov nomidagi Respublika matematika turnirida ham sovrinli o‘rinlardan birini egallagan.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan hozirda Olmazor tumani prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing