Toshkentda o‘qituvchi 1-sinf o‘quvchilarining qo‘liga igna sanchib, jazoladi
3-sahifa
−
16 aprel
4833Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanidagi 277-maktabning 1-sinf rahbari xato qilgan o‘quvchilarini jazolash uchun qo‘llariga igna va "samorez" sanchib jazolagani aytilgandi. Bolalar ombudsmani mazkur holatga munosabat bildirib, o‘qituvchi ishdan olinganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 16 aprel kuni tumanning 277-o‘rta maktabida 1-"E" sinf o‘quvchilarining 15 nafar ota-onalari maktab direktorining huzuriga kelib, sinf rahbari S.R. (ayol)ning ustidan shikoyat qilgan.
Murojaatda ota-onalar sinf rahbari o‘quvchilar qo‘lining kaft qismining ustiga "samorez" va ignalarni sanchib, turli jarohatlar yetkazgani, go‘yoki shunday usulda bolalarni tarbiyalashga uringanini bildirishgan.
Xususan, holat 2023 − 2024-o‘quv yili boshidan beri takrorlanib kelgan. O‘qituvchi bolalarga bu haqda kimgadir aytishsa, bundan battarini qilib, qo‘llariga mix tiqish tahdidi bilan qo‘rqitgan.
Ombudsmanga ko‘ra, shunday nomaqbul harakatlarni sodir qilgani yuzasidan o‘qituvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, u ishdan bo‘shatilgan.
"Hozirda holat yuzasidan Sergeli tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda", deyiladi xabarda
LiveBarchasi