Toshkentda uchta avtomobil to‘qnashib ketdi. Jabrlanganlar bor

3-sahifa

image

24 yanvar kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida Nexia-2, Nexia-3 hamda BYD mashinalari o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, soat 21:45 da tumanning Nurafshon ko‘chasida haydovchi Nexia-2 rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini keskin o‘ngga burishi oqibatida, shu yo‘nalishda yo‘l chetida to‘xtab turgan BYD rusumli avtoulovga borib urilgan hamda yana boshqa fuqaro boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 rusumli mashinasi bilan ham to‘qnashib ketgan. 

YTH oqibatida Nexia-2 rusumli transport vositasi haydovchisiga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida Porsche, Lacetti va Spark o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent avtomobil' BYD

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing