Toshkentda uch avtomobil ishtirokida dahshatli YTH sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Poytaxt Toshkentning Chilonzor tumanida uch avtomobil ishtirokida mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. YTHda qurbon bo‘lganlar yo‘qv, haydovchilardan biri jarohat oldi. Avtomobillar esa tanib bo‘lmaydigan daraja kelib qolgan. 

YTH bugun, 14 dekabr kuni soat 15:00 atrofida Chilonzor  tumani Bunyodkor shoh ko‘chasi Novza jome masjidi qarshisida sodir bo‘lgan.

Unda haydovchilar; 

•    2003 yilda tug‘ilgan  Sh.S. boshqaruvidagi davlat raqam belgisi 01 E 444 NA bo‘lgan Nexia-3 rusumli transport vositasi;

•    1972 yilda tug‘ilgan Sh.X. boshqaruvidagi davlat raqam belgisi 01 F 556 LB bo‘lgan Lacetti rusumli transport vositasi;

•    1990 yilda tug‘ilgan J.X. boshqaruvidagi davlat raqam belgisi 01 L 258 FB bo‘lgan Labo rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisalari oqibatida Lacetti rusumli transport vositasi haydovchisi Sh.X. tan jarohati olgan. 

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

195

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing