Toshkentda turkiyalik 17 yoshli qiz o‘zini 6-qavatdan tashladi
3-sahifa
−
01 dekabr 2023
14844Toshkentda Turkiya fuqarosi bo‘lgan voyaga yetmagan qiz o‘zini 6-qavatdan tashladi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Kecha, 30 noyabr kuni soat 18:30 larda Yangihayot tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida yashagan, 2006 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qiz o‘zini 6-qavatdan tashlagan. Qiz olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.
U nima sababdan o‘z joniga qasd qilgani ma’lum emas.
Aniqlanishicha, qiz Turkiya fuqarosi bo‘lgan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 29 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan 45 yoshli erkak o‘zini Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasi va Kichik xalqa yo‘li ko‘chalari kesishmasida joylashgan ko‘prikdan tashlab, o‘z joniga qasd qilgandi.