Toshkentda tuman va havo sifatining yomonlashish sababi tushuntirildi

Jamiyat

image

O‘zgidromet Toshkent shaxri va O‘zbekistonning bir qator viloyatlarida tuman tushishi va havo sifatining yomonlashish sababini tushuntirdi.

Qayd etilishicha, tuman hodisasi paydo bo‘lishiga mamlakatga kirib kelgan sovuq va nam havo massalari sabab bo‘lgan.

Ta’kidlash lozimki, respublika hududidagi chang zarrachalarining taxminan 55–60 foizi tashqi hududlardan kirib keladi.

“Oxirgi kunlarda shamol tezligi past bo‘lgani, shuningdek, inversiya jarayonlarining shakllangani hamda hozirda tuman hodisasi kuzatilayotgani tufayli ushbu chang zarrachalari havo qatlamlarida turib qolmoqda va tarqalib ketishi qiyinlashmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqib, joriy yilning 10-12 dekabr kunlari kutilayotgan kuchli yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjudligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing