Toshkentda tramvay faoliyatini tiklash taklif qilindi
Jamiyat
−
23 yanvar 2022 12486 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev faoliyatiga bag‘ishlangan "Menimcha" teleloyihasida Toshkent shahridagi jamoat transporti muammosini hal qilish uchun tramvay faoliyatini tiklash taklif qilindi. Bu taklifni loyiha muallifi, jurnalist Xayrulla Nuriddinov berdi.
"Transport faoliyatini takomillashtirish maqsadida Toshkentga tramvaylarni qaytarish kerak, menimcha. Katta va gavjum shaharga tramvay juda asqotadi. Hammamizning esimizda-ku o‘sha qulay, bejirim, bir tekis yuradigan, eng muhimi ekologiyaga umuman zarar yetkazmaydigan qadrdon tramvaylar. Bu mening fikrim, albatta", dedi Xayrulla Nuriddinov.
Loyiha muallifi, agar Toshkent mutasaddilarining o‘rnida bo‘lganida, ana shu tashabbus bilan chiqishini ham qo‘shimcha qildi.
Ma’lumot uchun, Toshkentda uzoq yillardan beri tramvay xizmat ko‘rsatgan, ammo 2016 yil may oyida tramvay faoliyati to‘xtatilgan.
Shuningdek, loyiha davomida Prezidentning jamoat transporti taqdimotidan qoniqmagani ham aytildi.
"Menga berilgan ma’lumotda bironta raqam, tahlil yo‘q. Men ham avtobusda yurishni xohlayman. Odamlarga xavfsiz, arzon, sifatli xizmat bo‘lishi kerak", degan davlat rahbari.
Live
Barchasi