Toshkentda Tracker YPX inspektorini urib ketdi. IIBB holatga izoh berdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar IIBB xodimiga nisbatan sodir bo‘lgan YTH haqidagi videolavhalar tarqalmoqda. Poytaxt IIBB Matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ushbu YTH o‘tgan yilning 23 sentyabr kuni soat 07:30 larda Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasida sodir bo‘lgan. Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB inspektori kichik serjant Anvar Otaboyev xizmat vazifasini o‘tash jarayonida, 1973 yilda tug‘ilgan Sh.U. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinani xushtak va jezl orqali to‘xtatgan. Shunda uning orqasidan harakatlanib kelayotgan, 1989 yilda tug‘ilgan K.U. Tracker rusumli avtomashinani boshqaruvini yo‘qotib, Cobalt bilan to‘qnashgan va xizmat olib borayotgan YHXB inspektorini urib yuborib, ag‘darilib daraxtga urilgan.

YTH natijasida YHXB inspektori hamda Tracker avtomashinasining yo‘lovchisi D.U. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov yakuni bo‘yicha to‘plangan xujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun sudga yuborilgan. Hozirda YHXB xodimining ahvoli yaxshi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

829

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing