Toshkentda tonirovkali avtobuslar harakatlana boshladi
Jamiyat
−
18 iyul 2023
6668Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida oynalari qoraytirilgan avtobuslar harakatlana boshlagani aks etgan foto va videolar tarqaldi. QALAMPIR.UZ xabarga aniqlik kiritish maqsadida “Toshshahartrans” AJ matbuot xizmati bilan bog‘landi.
Ma’lum qilinishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 26 may kuni Chilonzor tumaniga amalga oshirgan tashrifi doirasida berilgan topshiriqlarga asosan, yo‘lovchilarga qulaylik yaratish hamda avtobus, elektrobuslar salonini sovitish uchun sarflanayotgan yonilg‘i va elektrni iqtisod qilish maqsadida, istisno tariqasida, bepul qoraytirishga ruxsat berilgan.
Buning uchun, Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hisobidagi 144,4 ming kvadrat/metr plyonka “Toshshahartrans” AJga beg‘araz taqdim etilgan.
Ta’kidlash joizki, bugun bir qator Telegram-kanallarda Toshkentdagi 80-avtobus yo‘nalishida taxminan o‘nga yaqin tonirovkali avtobuslar harakatlana boshlagani haqida xabar qilingandi.
LiveBarchasi