Toshkentda “tomosha ko‘rsatgan” yoshlarning ota-onasi javobgarlikka tortildi
3-sahifa
−
17 yanvar
6128Ijtimoiy tarmoqlarda tanasini transport vositasidan chiqarib harakatlangan va xavfli manyovrni amalga oshirgan shaxslarning videosi tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB munosabat bildirdi.
Bildirilishicha, voqea joriy yilning 16 yanvarga o‘tar kechasi taxminan soat 03.30 larda Olmazor tumani Yangi Olmazor ko‘chasida sodir bo‘lgan. 2005 yilda tug‘ilgan yigit haydovchilik guvohnomasi yo‘qligiga qaramay, ijaraga olingan Monza rusumli avtomobilda davlat raqamini yechib harakatlangan.
Shuningdek, harakatlanish vaqtida mashinada qonunbuzarning ikki nafar – 2006 yil va 2009 yilda tug‘ilgan tanishlari ham bo‘lgan. Ulardan ikki nafari tanasini Monza'dan chiqarib harakatlangan va qoidabuzarlikni sodir etgan.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan voyaga yetmaganlarning ota-onasiga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga (“Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik”) asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Transport vositasi jarima maydoniga qo‘yilgan.
Shuningdek, transport vositasini boshqarish jarayonida yo‘l harakati qoidalari buzilganligi holati yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi