Toshkentda tez tibbiy yordam avtomobili ag‘darildi

3-sahifa

image

Toshkentda tez tibbiy yordam avtomobilini boshqarib ketayotgan haydovchi yo‘l-transport hodisasini sodir etdi. Oqibatda avtomobil yo‘l o‘rtasida ag‘darilgan. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi. 

Hodisa joriy yilning 26 dekabr kuni soat 02:20 atrofida Shayxontohur tumani Sebzor ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1963 yilda tug‘ilgan haydovchi N.A. Ford rusumli tez tibbiy yordam avtomobilida harakatlanayotib, rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetida to‘xtab turgan Tracker rusumli transport vositasiga to‘qnashgan va Ford avtomobili ag‘darilgan.

 YTH oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘qligi aytilmoqda. Biroq, tez tibbiy yordam avtomobilida shifokor, hamshira va bemor bor-yo‘qligiga aniqlik kiritilmagan. 

YTH yuzasidan YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilayotgani ma’lum qilindi.  


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

242

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing