Toshkentda tengdoshini do‘pposlagan qizning onasi jazolandi
3-sahifa
−
02 Oktabr 2021
13955Avvalroq, Toshkentda voyaga yetmagan qizlar o‘rtasida janjal bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Yunusobod tumani hokimligi mazkur holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, janjal ishtirokchisi fuqaro Sh.Y. onasi bilan Yunusobod tumani hokimligi qoshidagi Voyaga yetmaganlar komissiyasiga chaqirtirilgan. Jumladan, yuz bergan hodisa batafsil o‘rganilgan va fuqaro Sh.Y.ning onasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) ko‘ra chora ko‘rilishi aytilgan.
Shuningdek, avvalroq “Billur” MFY raisining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi va Sh.Y. tahsil oluvchi maktabning direktori tomonidan uyiga borib onasi va fuqaro bilan ushbu holat bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilgan.
Ma’lumot uchun, MJtKning 47-moddasiga ko‘ra, huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha jarimaga tortilishi yoki 15 sutkagacha qamalishi mumkin.
LiveBarchasi