Toshkentda telefon orqali fuqarolar nomidan salkam 900 mln kredit olgan shaxs aniqlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahrida mobil ilova orqali fuqarolar nomidan 897 million so‘m onlayn kredit olgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maxlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvd aniqlanishicha, fuqaro S.S. “R.L.” va “O.N.” MCHJlarni norasmiy ravishda yuritib kelib, ushbu jamiyat rahbarlari va boshqalar bilan oldindan til biriktirib, 34 nafar fuqaroni go‘yoki mazkur jamiyat ishchilari sifatida rasmiylashtirgan.

Shundan so‘ng, ularning xabardorligisiz tijorat bank filiallari orqali mobil ilovasi yordamida 897 million so‘m onlayn kredit mablag‘ini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, olingan kreditning 769,7 mln so‘mini qaytarmasdan, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

557

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing