Toshkentda tarovih namozlari sababli ayrim ko‘chalar yopiladi
Jamiyat
−
09 mart
4036Toshkentda Ramazon oyi kechalaridagi tarovih namozi munosabati bilan ayrim ko‘chalar yopiladi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.
“Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari! Muqaddas Ramazon oyi kechalaridagi tarovih namozi munosabati bilan joriy yilning 10 mart kunidan boshlab har kuni soat 19:00 dan 00:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun cheklanadi”, deyiladi xabarda.
Bular quyidagi ko‘chalar:
Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha:
- Tepa masjidi Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar.
Bektemir tumani bo‘yicha:
- Alibek masjidi M.Avezov ko‘chasidan Husayn Boyqaro ko‘chasiga qadar.
Yashnobod tumani bo‘yicha:
- Islom ota masjidi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalariga qadar.
- Ali ibn Abu Tolib masjidi Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar.
Mirobod tumani bo‘yicha:
- Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja masjidi Yangi Qo‘yliq – Fayziobod ko‘chalari kesishgan chorrahadan Fayziobod 5-tor ko‘chasiga qadar.— Qo‘yliq ota masjidi TXAY – Qo‘yliq ota ko‘chalari kesishgan chorrahadan Yangi Qo‘yliq tor ko‘chasiga qadar.
Sergeli tumani bo‘yicha:
- Ma’ruf ota masjidi Choshtepa ko‘chasidan Chosh tepa 1-tor ko‘chasiga qadar.
- No‘g‘ayqo‘rg‘on masjidi Yangi Sergeli – No‘g‘ayqo‘rg‘on KXAY – Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon – Sag‘bon chorrahasigacha.
Yakkasaroy tumani:
- Usmon bin Ma’zum masjidi KXAY – Fayzli Toshkent chorrahasidan KXAY – Qushbegi chorrahasigacha.
- Yakkasaroy masjidi Shota Rustaveli – Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy – Bog‘u bo‘ston chorraxasigacha.
- Rakat masjidi J.Shoshiy ko‘chasidan Askiya ko‘chasiga qadar.
Yangihayot tumani:
- Niyozmat ota masjidi TXAY – Binokor chorrahasidan Pastdarg‘on mahallasiga kirishga qadar.
Shayxontohur tumani bo‘yicha:
- Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza – Beshqayrag‘och chorrahasigacha.— Kamolon masjidi Bunyodkor – Kamolon chorrahasidan Kamolon – Ustazoda 2-tor chorrahasigacha.
Olmazor tumani bo‘yicha:
- Xasti Imom masjidi Nurafshon – Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy – Abdulla Qodiriy chorrahasigacha.
- Islomobod masjidi KXAY – Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon – Sag‘bon chorrahasigacha.
- Do‘stjonboy (Sulola) masjidi Sag‘bon-Sag‘bon 12-tor chorrahasidan Keles yo‘li – Noraztepa chorrahasigacha.
Yunusobod tumani bo‘yicha:
- Mirza Yusuf masjidi Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasiga qadar.
Uchtepa tumani bo‘yicha:
- Abdulloh ibn Mas’ud (Katta Qani) masjidi Katta Qani aylanmasidan Lutfiy – Katta Xirmontepa ko‘chalari chorrahasigacha. — Hazrati Ali masjidi Nazarbek – Mahorat chorrahasidan Nazarbek – Zamaxshariy 1-tor ko‘chasigacha.
Chilonzor tumani bo‘yicha:
- Novza masjidi Bunyodkor – Muqimiy ko‘prigi tagidan Oliy Majlis qarshisigacha.
- Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi Al-Xorazmiy – Gavhar chorrahasidan So‘galli ota ko‘chasigacha.
- Ubay ibn Ka’f (Bo‘rijar) masjidi Al-Xorazmiy ko‘chasidan Katta Xirmontepa ko‘chasigacha.
Ushbu ko‘chalarda faqatgina maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.
LiveBarchasi