Toshkentda tarixiy kinofilmlar namoyishi bo‘lib o‘tadi
Madaniyat-san’at
−
30 Oktabr 2019
4873Joriy yilning 1-3 noyabr kunlari “O‘zbekkino” Milliy agentligi, “O‘zarxiv” agentligi hamda O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari Milliy arxivi hamkorligida O‘zbekistonda davlat arxivlari tizimi tashkil topganining 100 yilligiga bag‘ishlab Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda “Kino – o‘chmas xotira” nomli kinofestival o‘tkaziladi.
Anjuman O‘zbekiston Milliy arxiv fondidagi noyob kino va fotoxujjatlar orqali O‘zbekiston hamda kino tarixini keng ommaga tanishtirishni o‘z oldiga maqsad qilgan. Kinofestival davomida O‘zbekiston Kinofotofono xujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan noyob kinoxujjatlar namoyish etiladi.
Ular orasida Hamidulla Akbarov muallifligida suratga olingan “Xudoybergan Devonov”(1970 y), rejissyor Ali Hamroyevning “Toshkent jasorati” (1975 y) va 1959 yil ishlangan “Qo‘shiqlar uchadi” kabi noyob xujjatli filmlar bor.
Kinofestivalning tantanali ochilish marosimi shu yilning 1 noyabr kuni soat 18.00 da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi