Toshkentda talaba auditoriyada sevgi izhor qilib “balo”ga qoldi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlara Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida talaba yigitlardan biri sahnaga chiqib, tomoshabinlar orasida o‘tirgan talaba qizga sevgi izhor qilgani, oqibatda o‘qituvchilaridan kaltak yegani aks etgan videolavha tarqaldi. 

Tadbirda yigit mikrafonni olib, barchaning oldida o‘zining dil so‘zlarini atrofdagilarning qarshiliklariga qaramasdan Mahliyo ismli talaba qizga aytadi.

“18 ming olam yaralibdiki, har bir mavjudot o‘z sherigi, jufti bilan yaratildi. Xuddi shunday hammamizning juftli bo‘lishga, sevishga, sevilishga haqqimiz bo‘lganidek, mening sevganim ham shu yerda o‘tiribdi. Shu qizga hozir sevgi izhor qilmoqchiman. Mahliyo, men sizni sevaman. Sizga bundan boshqa yana qanday isbot kerak? Sizni yaxshi ko‘raman”, deya yigit qalb tuyg‘ularini tilga ko‘chirgan.

Shunday oshiqona so‘zlar yangrayotgan bir paytda tadbirda qatnashayotgan o‘qituvchilar yigitning qo‘lidan mikrofonni tortib olmoqchi bo‘ladi. Ulardan biri hatto “majnun”ning yuziga shapaloq ham tortib yuboradi. Zalda esa tadbir ishtirokchilari o‘rtasida qiy-chuv boshlanadi. Video so‘ngida o‘qituvchilar yigitchani sudrab olib chiqib ketadi. 

Video tarqalganiga ko‘p vaqt bo‘lmasdan universitet Matbuot xizmati holat bo‘yicha izoh berdi. Unga ko‘ra, ushbu holat fakultet QVZ jamoasining “Xafa bo‘lish yo‘q” ko‘rsatuviga taqlidan namoyish etilgan sahna ko‘rinishidan kesib olingan holatdir. 

“Hech qanday noxush vaziyat yuz bermaganini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2043

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing