Toshkentda talaba 6 qavatdan yiqilib vafot etdi
Jamiyat
−
29 mart 2019
118892019 yil 27 mart kuni soat 21:30 da Toshkent davlat texnika universiteti “Konchilik ishi va metallurgiya” fakultetining 2-bosqich, 2-17 guruh talabasi Sh.U. Toshkent shahridagi Ziyo mahallasida joylashgan 63-son talabalar turar joyining 609-xonasida ochiq turgan deraza oynasidan 6-qavatdan pastga yiqilib tushgan, deya xabar berdi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati.
Talaba Toshkent tibbiyot akademiyasi ikkinchi klinakasiga yotqizilgan, shifokorlar tomonidan bosh miya ochiq jarohati, kalla asos gumbaz suyagi sinishining bo‘linib sinishi, bosh miya pardalari ostiga, to‘qimasiga qon quyilishi, bosh miya og‘ir darajada lat yeyishi, chap son suyagi ochiq sinishi, o‘ng tomondan 3, 4 va 5-qovurg‘alar sinishi, to‘sh suyagi sinishi, ikkinchi o‘pka yorilishi tashxisi qo‘yilgan.
2019 yilning 28 mart kuni soat 00:44larda Sh.U. olgan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Sh.U. (1994 yilda tug‘ilgan) tabiatan og‘ir va bosiq bo‘lgan, hech kim bilan ixtilofga bormagan, oilasida hech qanday muammolari bo‘lmagan. O‘qishda a’lo baholarga o‘qigan, xulqi namunali, talabalar orasida hurmatga ega va o‘zining faolligi bilan ajralib turgan.
Onasining ta’kidlashicha, Sh.U.da yurak yetishmovchiligi bo‘lgan, bosh miya bosimining ortishidan shikoyat qilib turgan.
Qalampir.uz jamoasi marhumaning oila a’zolariga chuqur ta’ziya bildiradi.
LiveBarchasi