Toshkentda taksichi mashinasida uxlab qolgan yo‘lovchini “uxlatdi”
3-sahifa
−
21 yanvar
11506Toshkent shahrida taksichi mashinasida uxlab qolgan yo‘lovchi ayolning nomiga mikrokredit rasmiylashtirdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisa sodir bo‘lgan kuni ayol mast holatda bo‘lgan va manzilni ko‘rish uchun o‘z telefonini haydovchiga bergan, shundan so‘ng u avtomobil salonida uxlab qolgan. Ertasi kuni ayol kartasidagi hisobini tekshirganida, uning nomiga mikrokredit rasmiylashtirilganini aniqlagan.
Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, unga narkotik modda qo‘shilgan suv berilmagan. Taksi haydovchisi va uning tanishi uxlab qolgan yo‘lovchining telefonidan foydalanib, onlayn bank orqali 12 million so‘mlik mikrokredit rasmiylashtirgan, ushbu mablag‘ni o‘z kartasiga o‘tkazib, bankomat orqali naqdlashtirgan.
Huquqni muhofaza qilish idoralari gumondorlarni topib, qo‘lga oldi. Ularga Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplab berildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq jismoniy shaxslar nomiga ko‘p miqdorda ochilgan bank kartalarini tahlil qilish jarayonida, ushbu bank kartalarining bir qismidan (aksariyat holatlarda karta egasining xabari yo‘q) firibgarlik maqsadlarida foydalanilayotgani aniqlangani bois bitta jismoniy shaxsga beriladigan bank kartalari soni bitta bankda 5 tagacha, barcha banklarda 20 tagacha belgilangandi.
LiveBarchasi