Toshkentda taksichi 10 yoshli o‘g‘il bolaning nomusiga tegmoqchi bo‘ldi
Jamiyat
−
06 mart 2021
52021Ijtimoiy tarmoqlarda taksi haydovchisi voyaga yetmagan bolaga nisbatan fahsh harakatlar qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 28 fevral kuni Chilonzor tumani IIO FMBga 30 yoshli Bobur J. murojaat qilgan. Fuqaro o‘z arizasida uning 10 yoshli o‘g‘liga nisbatan fahsh harakatlar qilgan taksichiga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Otaning murojaatidan so‘ng mazkur fakt Toshkent shahar IIBB rahbariyatining nazoratiga olingan.
Mazkur holat bo‘yicha Chilonzor tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilagn. Gumonlanuvchining shaxsini va holat tafsilotlarini aniqlashga qaratilgan tezkor-tergov tadbir o‘tkazilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar! Mazkur ish voyaga yetmagan shaxs bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, tergovdagi ma’lumotlar uning kelajagiga salbiy ta’sir o‘tkazmasligi uchun, shuningdek qonunchilik va voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilishga doir xalqaro me’yoriy hujjatlarga muvofiq mazkur jinoiy ishning tafsilotlari oshkor qilinmaydi”, deyiladi boshqarma xabarida.
LiveBarchasi