Toshkentda “tabletkachi” savdogar ushlandi
3-sahifa
−
25 yanvar
3613Toshkent viloyati Bekobod shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Bekobod shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan Zangiota tumanida yashovchi fuqaro U.U.ning (muqaddam sudlangan) xonadoni ko‘zdan kechirilganda 770 dona oq qizil rangli “Zardeks” nomli kapsula va 26 dona flakonda “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Sergeli va Yashnobod tumanlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlangan edi. Ulardan chakana narxi 131,4 mln so‘mga teng bo‘lgan jami 1 643 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari olingan.
LiveBarchasi