Toshkentda svetoforlarning ishlash vaqtini uzaytirish taklif qilindi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi svetoforlarning ishlash vaqtini ikki soatga uzaytirish taklif qilindi. “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga shu mazmundagi petitsiya joylaytirildi.

Fuqaro tomonidan berilgan taklifga ko‘ra, poytaxtda avtomobillarning soni ko‘payganligi va harakatlanish vaqti uzayganligi sababli svetoforlarning ishlash vaqtini 2 soatga uzaytirish kerakligi aytilgan.

“Respublikamizda avtomobillar soni kun sayin ko‘payib borayotganini hisobga olgan holda Toshkent shahrida svetoforlar ishlash vaqtini uzaytirishni taklif etaman. Shaharning ayrim qismlarida svetoforlar soat 23:00 dan keyin ishlashdan to‘xtaydi, to‘g‘rirog‘i, faqat sariq chiroq yonib turadi. Lekin asosiy masala shundaki, hozirgi kunda aholining avtomobilda harakatlanish vaqti ham sezilarli ravishda uzaygan, hatto, karantin vaqtida ham soat 00:00 va 01:00 larda shahrimizning ko‘plab qismlarida avtomobillarning harakati yetarlicha ko‘p. Turli baxtsiz hodisalarni oldini olish uchun svetoforlarning ishlash vaqtini 2 soatga uzaytirishni taklif etaman. Ya’ni, svetoforlar 23:00 dan emas, 01:00 dan ishlashni to‘xtashi kerak”, deydi Qobiljon Rahimjonov.

Petitsiya 2020 yil 26 iyunda e’lon qilingan va ovoz berish jarayoni yana deyarli uch oy davom etadi. Agar petitsiya yetarlicha ovoz to‘plasa, tegishli idora tomonidan ko‘rib chiqib, qaror chiqariladi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Svetofor

Baholaganlar

61

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing