“Yashil– qizil ”: Svetoforlar yangicha formatda ishlaydi
Jamiyat
−
27 yanvar 2020
76802019 yil 7 sentyabrdan yo‘l transport hodisalarini bartaraf etish bo‘yicha eksperiment boshlandi: poytaxtdagi bir nechta chorrahada svetoforlarning ishlash rejimi o‘zgartirildi.
Endi ular quyidagi tartibda ishlaydi. Yo‘nalishlardan birida svetoforning taqiqlovchi signalidan (qizil) keyin “sariq” chiroq yonmasdan, birdaniga yashil chiroq yonadi. Biroq qarama-qarshi yo‘nalishdagi harakat tomonida svetofor odatiy rejimda ishlaydi – “qizil”, “sariq”, “yashil”.
Toshkentning markazidagi to‘rtta chorrahada tajriba boshlanishi bilan ijobiy natijalarga erishildi – kichik to‘qnashuvlar soni kamaydi. Bu shunday izohlanadi: bir yo‘nalishdagi manevr ikkinchi yo‘nalishdagi harakat boshlanguniga qadar bemalol yakunlanishi mumkin. Shu tariqa chorrahalardagi tirbandlik kamayadi.
Tajriba yaxshi natija berganligi sababli ayni paytda bu yangilik to‘liq rejimda ishga tushirilgan. Masalan, Uchtepa tumanida o‘ntadan ortiq, Chilonzor va Sergeli tumanida esa beshta svetofor “sariq” chiroqsiz ishlamoqda.
Idorada barcha haydovchilar bunga hali moslashib ulgurmagani va yo‘l harakati ishtirokchilari bilan muloqotga tayyor emasligi holatlari e’tiborga olinmoqda.
LiveBarchasi