Toshkentda sudya mast holda mashina olib qochdimi?

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida sudya ichib, mast holatda mashina olib qochgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Sudyalar oliy kengashi holat yuzasidan rasmiy bayonot e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, sudyalar odobi kodeksi talablaridan kelib chiqib, Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi sudyasining (xizmatdan tashqari vaqtdagi) xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

“Ijtimoiy tarmoqlardagi shu mavzuga doir xabarlarda tilga olinayotgan holatlarga xizmat tekshiruvi jarayonida aniqlik kiritiladi va yakuni bo‘yicha lozim choralar ko‘rilishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksi 267-moddasiga (transport vositasini olib qochish) ko‘ra, transport vositasini olib qochish 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Jondor tumani prokurorining katta yordamchisi birinchi instansiya sudi chiqargan hukmni sudya orqali kassatsiya sudida o‘zgartirishsiz qoldirish evaziga 3 ming AQSH dollari talab qilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent sud'ya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing