Toshkentda Spark Epica’ga urilishi oqibatida mashinalar yonib ketdi
3-sahifa
−
25 noyabr
2347Kecha, 24 noyabr kuni Toshkent shahridagi mahalla ichida harakatlangan Spark yo‘l chetida to‘xtab turgan Epica’ga borib urilishi oqibatida avtomobillar yonib ketdi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 23:58 da Mirzo Ulug‘bek tumani Sho‘rtepa 2-tor ko‘chasida avtomobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari manzilga soat 00:03 da yetib borib, yong‘in soat 00:07 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
“Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Lacetti rusumli transport vositasi yonib ketgandi. Yong‘in oqibatida tan jarohat olganlar bo‘lmagan.
LiveBarchasi