Toshkentda Spark betonga urilib, majaqlanib ketdi

3-sahifa

image

Toshkentda tez harakatlanib kelayotgan Spark rusumli avtomobil yo‘lni ajratib turuvchi beton ustunga urildi. Oqibatda ikki kishi vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Yo‘l-transport hodisasi bugun, 12 may kuni tungi soat 03:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasida sodir bo‘lgan. 

1999 yilda tug‘ilgan U.M. Spark'ni ishonchnoma asosida boshqarib kelayotgan vaqtida tezlikni oshirishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lni ajratib turuvchi qismidagi beton ustunga urilgan.

YTH natijasida avtomobil haydovchisi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Avtomobil yo‘lovchisi – 1995 yilda tug‘ilgan K.Sh. shifoxonaga olib borilgan, biroq shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramasdan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

363

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing