Toshkentda Spark 22 bosh qo‘yni nobud qilib, o‘zi yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
19 Oktabr
15301Bugun, 19 oktyabr kuni Toshkent viloyatida Spark rusumli avtomobil 22 bosh qo‘yni urib ketdi, o‘zi esa yonib ketdi. Bu haqda viloyat viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat taxminan 05:00 larda Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan o‘tgan D 017 "Olmaliq-Toshkent" avtomobil yo‘lining 17-kilometrida haydovchi 1998 yilda tug‘ilgan D.Sh. Spark rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida qatnov qismida bo‘lgan 22 bosh qo‘yni urib yuborgan. Oqibatda yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan. Haydovchi transport vositasini to‘xtatib, tushganidan so‘ng, avtomobil salonida yong‘in kelib chiqqan.
Hodisa oqibatida haydovchini sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Avtoulov esa to‘liq yonib ketgan va 22 bosh qo‘y nobud bo‘lgan.
Holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda sodir bo‘lgan YTHda 8 yoshli bola halok bo‘lgandi.
LiveBarchasi