Toshkentda sotuvchilar uchun “MAKON Forum” xalqaro forumi o‘tkaziladi

Biznes

image

18-19 mayda “Humo Arena”da 10 nafar yetakchi mahalliy va xorijiy sotuvlar bo‘yicha ekspertlar chiqish qiladi va sotuvlarni oshirishning amaliy vositalari bilan o‘rtoqlashadi.

Forum doirasida 50 ta yetakchi brendlar ishtirokida birinchi “Yil brendi 2023” ko‘rgazmasi va 25 ta nominatsiyada iste’molchilar hamda ekspertlar hay’ati tanloviga ko‘ra “Yil brendi” mukofoti taqdirlash marosimi o‘tkaziladi. Bu yil forumning bosh hamkori mamlakat banklari o‘rtasida eng yirik xususiy bank va faollik bo‘yicha yetakchi bo‘lmish “Kapitalbank” bo‘ldi.

“Tadbirning noyobligi shundaki, u mamlakatimizda sotuvchi kasbiga bag‘ishlangan ilk forum bo‘ladi. Biz zamonaviy sotuvchi maqomi va imkoniyatlariga uning faoliyatining qiymati va har qanday biznesdagi ahamiyati nuqtai nazaridan kompleks yondashdik. Forum bozorimizda tovarlar va xizmatlar taklif etuvchilar uchun kuchli motivatsiya beradi. Forumning asosiy vazifasi – qo‘llanilayotgan vositalarni “puxtalash” va zamonaviy sotuvlarning yangi imkoniyatlaridan xabardor bo‘lish uchun eng faol mutaxassislarni jamlash”, deydi O‘zbekiston marketing uyushmasi raisi, MAKON tashkilotchisi Diyor Mirzaahmedov. 

“Biz uchun marketing va sotuvlar bo‘yicha mutaxassislar hamjamiyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, tajriba va eng yaxshi amaliyotlar bilan o‘rtoqlashish mumkin. Mamlakatdagi eng yirik moliyaviy institutlardan biri sifatida bizning vazifamiz – bankka mijozlar jalb qilish va mahsulotlarimiz haqidagi axborotni yetkazish bilan kifoyalanib qolmay, moliyaviy savodxonlik asoslarini, biznes yuritishni, byudjetni rejalashtirishni va boshqalarni o‘rgatish hamdir. Aminmanki, O‘zbekiston marketing va sotuvlar sohasidagi eng muhim voqealardan biriga aylanishga ulgurgan forum bu yil ham biz va bozordagi hamkasblarimiz uchun yangi g‘oyalar manbasi bo‘ladi”, deydi “Kapitalbank” Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sardor Ismoilov. 

Forum spikerlari sotuvlar bo‘yicha eng mashhur mahalliy ekspertlar va to‘rt nafar rossiyalik trener bo‘lib, ular forum doirasida chiqish qilishdan tashqari, sotuvlar bo‘limlarining rahbarlari uchun noyob mahorat saboqlari ham o‘tadi.

Murod Nazarov – Murad Buildings, Nest One va NRG asoschisi. Development sohasida 20 yillik tajribaga ega muvaffaqiyatli tadbirkor. Uning rahbarligi ostida kompaniyalar jami maydoni 575 000 kvadrat metr bo‘lgan noyob ko‘chmas mulk obektlarini muvaffaqiyatli topshirdi. Murod shaxsiy brend sotuvlarga qanday yordam berishi haqida so‘zlab beradi.

Anvar Abduqayum – Toy Bola o‘yinchoqlar brendi asoschisi. Sotuvlarda 20 yildan ortiq tajribaga ega. Ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari million atrofida. Anvarning chiqishi ishontirish san’ati va muvaffaqiyatli sotuvlarda uning ahamiyatiga bag‘ishlanadi.

Ibrohim G‘ulomov – Perfect Consulting Group asoschisi. Tizimlashtirish sohasida 10 yildan ortiq tajribaga ega ekspert. Ibrohim 150 dan ziyod tarmoqlardagi taqriban 6000 nafar tadbirkorni “Sof foydani oshirish”, “Tizimlashtirish va personalni samarali boshqarish”, “Hayotiy strategiya” mualliflik dasturlari bo‘yicha o‘qitdi. Ibrohim mijoz e’tirozlari bilan qanday ishlash mumkinligi haqida chiqish qiladi.

Akmal Nasridinov – Marketbridge agentligi va Retail Club biznes-klubi asoschisi. Sotuvlar sohasida 1994 yildan beri ishlaydi. 2012 yildan boshlab O‘zbekistonda sotuvlarni boshqarish bo‘yicha treninglar o‘tkazadi va mijozlarga sotuvlarni tizimlashtirish va samarali sotuvlar bo‘limlarini tashkil etishda yordam beradi. Akmal real keyslar asosida sotuvlar sirlari haqida so‘z yuritadi.

Diyor Mirzaahmedov – O‘zbekiston marketing uyushmasi va Siymo reklama agentligi asoschisi. Marketing va reklamada 28 yillik tajribaga ega. Mijoz servisining noyob uslubiyati asoschisi, har yilgi keng ko‘lamli forumlar: MAKON biznes-forumi, TAF! Toshkent reklama festivali, “Yil brendi” mukofoti tashkilotchisi. Diyor kimni yaxshi sotuvchi deyish mumkinligi haqida so‘zlaydi.

Abduhamid Abduvahobov – 8 ta brendni birlashtirgan va 45 turdagi, beshta mamlakatda sotiladigan turfa xil mahsulot ishlab chiqaradigan Numa family xoldingi asoschisi. 2012 yildan buyon biologik faol ozuqaviy qo‘shimchalar, tibbiy texnika va kosmetika savdosi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarda ishlagan. Abduhamid sotuvlar psixologiyasini tushunishning ahamiyati haqida so‘z yuritadi.

Vitaliy Golitsin – sotuvlar va mahsuldorlik bo‘yicha rossiyalik biznes-trener. Sotuvlar bo‘yicha 25 yillik va trening sohasida 15 yillik tajribaga ega. Dunyoning 17 ta mamlakatida, 100 ta shahrida 1000 dan ortiq trening o‘tkazgan. Rossiyada sotuvlar bo‘yicha YouTube-kanallar TOP-3 muallifi. Vitaliy ishtirokchilarni 100 foizli bitim formulasi bilan tanishtiradi.

Vladimir Marinovich – biznes va samarali jamoalarni tizimli rivojlantirish bo‘yicha ekspert. Milliardlarga baholangan loyihalarni amalga oshirgan jamoalar asoschisi. 30 yildan buyon biznes va sotuvlar sohasida. 2014 yilda VVERX biznes-maktabiga asos soldi, unda har yili 450-700 nafar tadbirkor amaliy bilimga ega bo‘ladi. Vladimir netvorking katta cheklarga sotishda qanday yordam berishi haqida so‘zlaydi. Vladimir Yakuba Rossiyada eng mashhur “realiti biznes-trener”. Yetakchilik, sotuvlar va jamoa bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis. Vladimir 19 mamlakatning 143 ta shahrida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazgan. 14 ta kitob muallifi. To‘rt marta yil natijalariga ko‘ra, o‘z sohasida eng yaxshi deb topilgan (2014-2020 yillarda). Instagram’da 9 mln va YouTube’da 1,5 mln video ko‘rilishiga ega. Vladimir yangi voqelikdagi sotuvlar haqida so‘z yuritadi.

Vladislav Bermuda – 12 ta mamlakatda 300 dan ziyod chiqishlar qilgan xalqaro spiker. Krossmarketing bo‘yicha Rossiyadagi yetakchi ekspert (300+ keys). “Nostandart biznes-tafakkur, kollaboratsiya va resurs monetizatsiyasi” onlayn-maktabining asoschisi – 8 ta mamlakatda 120 talabani o‘qitgan. Vladislav sotuvlardagi kreativ yechimlarga oid g‘oyalar bilan o‘rtoqlashadi.

Spikerlar va dasturlar haqidagi barcha axborot – forum saytida: makon-2024.marketing.uz/

MAKON Forum Sotuvchilar Davri – bu professionallar uchun ikki kunlik faol motivatsiya va muloqot, boshlig‘i rahbarligida sotuvlar bo‘limi uchun yangi bilimlar muhitiga sho‘ng‘ish imkoniyati – u biznesga eng samarali sotuvlar vositalaridan foydalangan holda sotuvlarni oshirishda yordam beradi.

Forum bilan parallel ravishda 18-19 mayda birinchi “Yil brendi” ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Ko‘rgazmaning barcha mehmonlari ishtirokchilarning maxsus takliflari bilan tanishish, yutuqli o‘yinlarda qatnashish va sovg‘alarga ega bo‘lish imkoni bo‘ladi. Ko‘rgazmaga kirish – bepul. Forum bosh hamkori – “Kapitalbank” O‘zbekistondagi yirik tijorat banki bo‘lib, Uzum milliy raqamli servislar ekotizimi tarkibiga kiradi. 23 yillik muvaffaqiyatli faoliyati davomida bank mamlakatning 1,9 mln aholisi va 65 ming tadbirkori uchun ishonchli moliyaviy hamkor o‘laroq o‘zini taqdim etdi. 2023 yil yakunlariga ko‘ra, “Kapitalbank”ning o‘z kapitali rentabelligi 50,8 foizni tashkil qildi. O‘tgan yilda “Kapitalbank” O‘zbekistonning eng yaxshi chakana banki sifatida ko‘p sonli xalqaro va milliy sovrinlarga sazovor bo‘ldi. Reyting agentliklari bank faoliyatining ko‘rsatkichlari barqaror o‘sishini qayd etmoqda.

Forum sayti makon-2024.marketing.uz | Chiptalar – iticket.uz saytida https://iticket.uz | Qo‘shimcha ma’lumot: 97 402 28 20

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing