Toshkentda soliqchi xotinini tepib, kaltaklagani aytilmoqda

3-sahifa

image
Qiz yigitidan qo‘rqib, oynadan sakragan – So‘z tajovuzda ayblangan “zamdekan”ga north_east

Qiz yigitidan qo‘rqib, oynadan sakragan – So‘z tajovuzda ayblangan “zamdekan”ga

Joriy yilning iyun oyida Toshkent shahar Yakkasaroy tuman soliq inspeksiyasi xodimi o‘z turmush o‘rtog‘ini yopiq avtoturargohda yerga yotqizib, qorin qismiga tepib, do‘pposlagan. Nemolchi.uz loyihasi jabrlanuvchi ayol murojaatiga asoslanib, voqea tafsilotlarini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, eri qiziga qo‘l ko‘targanidan keyin ayol uni tashlab ketgan. Er esa xotinining ortidan qolmasdan kechirishini va uyga qaytishini so‘ray boshlagan. Aslida erning qo‘l ko‘tarishi ancha oldin boshlangan. Bundan tashqari joriy yilning aprel oyida fojia yuz berib, ularning 14 yoshli o‘g‘li halok bo‘lgan. 

Ayol bunday yo‘qtishdan hali o‘ziga kelmay turib, uch hafta o‘tgach, eri yosh qiz bilan nikohlangani hamda uyga olib kelganidan xabar topgan. Shu bilan birga, er ayolining ortidan qolmagan, uni uyga qaytarishga harakat qilgan.

O‘z navbatida, ayol eridan tinch qo‘yishini va yangi oilasi bilan bo‘lishini so‘ragan. Ammo er ayolning ishiga, farzandlari bilan birga yashayotgan otasining uyiga kelib, tinchini buzavergan. Yakunda, ayol otasining tanishidan kvartira ijaraga olib, avtoturargohi va yopiq hududi bo‘lgan turar-joy majmuasiga ko‘chib o‘tgan. Ayol ularni yangi joyda hech kim bezovta qilmaydi, deb o‘ylagan.

Joriy yilning iyun oyi oxirida ayol odatdagidek qo‘riqlanadigan yer osti avtoturargohiga kirib, mashinadan tushishi bilan uning yoniga eri kelgan va ularning o‘rtasida quyidagi suhbat davom etgan.

Er.: — Kimning oldiga kelding?

Ayol.: Sening ishing bo‘lmasin.

“Va shu paytda er ayolni kaltaklay boshlagan. Aksiga olib, bu vaqtda garajda ham hech kim bo‘lmagan. Ayol esa qo‘lini mashinaga cho‘zib, signal bera boshlagan, lekin qo‘riqchilar kelmagan. Shundan so‘ng, er uni yerga yo‘tqizib, yuziga tepgan. Qo‘rquv, umidsizlik, og‘riq – keyin nima bo‘lganini ayol yaxshi eslay olmaydi. Kaltaklashni tugatgan er xotinini kasalxonaga olib borib, uni jazmani bilan ushlab olgani uchun kaltaklaganini aytgan”, deyiladi xabarda.

Bu vaqtda ayolning qizi onasining qaytishi kerakligini bilib, xavotirga tushgan. So‘ngra qiz 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan. Yer osti garajiga tushganda esa onasining mashinasini ochiqligiga hamda uning atrofidagi qonga ko‘zi tushgan. Ammo onasi u yerda yo‘q edi.

Xabarga ko‘ra, voqea joyiga yetib kelgan tezkor xodimlar kameralardan ayolning yolg‘iz qolgani, erkak esa uni zo‘ravonlik bilan kaltaklagani aks etgan tasvirlarni olgan. 

Shifokorlarga ko‘ra, agar er yana yarim santimetrga adashganida, arteriyaga tegib ketgan va ayol o‘lgan bo‘lardi. Ikki haftadan so‘ng o‘tkazilgan kompyuter tomografiyasiga ko‘ra, ayolda bosh suyakning bir qancha joylarida sinish va qattiq lat yeyish holatlari aniqlangan. 

Ma’lum qilinishicha, erga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi “Badanga qasddan og‘ir shikast yetkazish” bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Unga nisbatan uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan cheklash jazosi tayinlanishi kutilmoqda. 

Xabarga ko‘ra, er hali ham ayolni ta’qib qilib, yarashishga harakat qilyapti (er yosh “xotini” bilan ham ajrashgan). Er hamon ozod va hech kim ayolni bosimdan himoya qilmayapti. Tergovchilar ayollar inspektoriga qo‘ng‘iroq qilishmagan, hech kim unga himoya orderini taklif qilmagan. Kaltaklanganiga 3 oy bo‘ldi, biroq ayol tergov qaysi bosqichda va sud qachon bo‘lishini bilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2243

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing