Toshkentda soxta YHXB xodimi qo‘lga olindi 

Jamiyat

image

Toshkentda o‘zini YHXB xodimi deb tanishtirgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Unga ko‘ra, departamentning Yangiyo‘l shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.D. fuqaro A.Ya.ga o‘zini go‘yoki Olmaliq shahar YHXB xodimi sifatida tanishtirib, unga o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan. Soxta YHXB xodimi oldindan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Shuningdek, departamentning Zarafshon shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.X. fuqaro D.Sh.ning ishonchiga kirib, uni haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Shu kabi, departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.K. fuqaro S.O.ga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 550 AQSH dollari evaziga haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yishini aytib, 500 AQSH dollari va 600 000 so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro T.A. fuqaro Sh.U.ga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

"Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi bu haqdagi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik prava

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made