Toshkentda rossiyalik jurnalist o‘lik holda topildi

3-sahifa

image

Rossiyalik jurnalist, “Byulleten kinoprokatchika” jurnali bosh muharriri Aleksandr Nechayev Toshkentdagi kvartiralardan birida o‘lik holda topildi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Nechayevning do‘sti va hamkasbi Denis Korsakov jurnalist bilan oxirgi marta 4 mart kuni yozishgan. Nechayev Toshkentda bo‘lib, bu yerga bir necha oy yashash uchun kelgan va aprel oyida Moskvaga qaytishni rejalashtirgan. 

6 martdan boshlab Nechayev bilan bog‘lanishning iloji bo‘lmagan. Uning do‘stlari toshkentlik tanishlaridan hammasi joyida yoki yo‘qligini tekshirishni so‘ragan. Ular uy egasi bilan ijaraga olingan kvartiraga kelganida jurnalist o‘lik holda topilgan. Unga nima bo‘lgani hozircha aniq emas. Bu yurak xuruji bo‘lgani taxmin qilinmoqda. 

Ma’lumot uchun, Nechayev 1986 yil 12 mayda Saratov viloyatining Marks shahrida tug‘ilgan. 2008 yilda Moskvaga ko‘chib o‘tgan. Kino mavzusiga ixtisoslashgan jurnalist Metropolitan Media agentligi tarkibiga kiruvchi Rossiya kino bozori haqidagi “Byulleten kinoprokatchika” tahririyatini boshqargan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing