Toshkentda restoran yondi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Poytaxt Toshkentning Yangihayot tumanidagi restoranda yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea kecha, 9 may kuni soat 22:04 da tumandagi Sputnik-7 hududida joylashgan hozirgi kunda ish faoliyatida bo‘lmagan restoranlarning birida sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat soat 22:06 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:23 da qurshab olingan va soat 22:33 da bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida restoranning 100 kvadrat metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Ayni paytda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent restoran

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing