Toshkentda Ramazon hayitida maxsus avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi
Jamiyat
−
29 aprel 2022
10266Toshkent shahrida joriy yilning 2 may kuni Ramazon hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, poytaxtning 11 ta tumanida joylashgan 98 ta masjidda Ramazon hayiti namozi o‘qilishi belgilangan.
“Ushbu masjidlarga tashrif buyuruvchi fuqarolarga qulaylik yaratish, yo‘llarda paydo bo‘ladigan tirbandliklarni oldini olish hamda Ramazon hayiti bayramida sifatli va xavfsiz jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish maqsadida maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi”, deyiladi xabarda.
Mazkur avtobus yo‘nalishlari soat 03:00 dan 06:00 ga qadar quyidagi ko‘chalar orqali harakatlangan holda fuqarolarning masjidlarga kelib ketishlari uchun xizmat ko‘rsatadi:
LiveBarchasi