Toshkentda Putin va Zelenskiyga atalgan graffit paydo bo‘ldi (video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkentning Chilonzor tumanidagi ko‘chada Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga bag‘ishlangan graffit paydo bo‘ldi.

Inkuzart qalamiga mansub ushbu surat bo‘rtma devorga chizilgan bo‘lib, qaysi tomondan qarashga ko‘ra, Putin yoki Zelenskiy tasviri aks etadi.

Muallifning o‘zi rus va ukrain tillarida quyidagicha izoh qoldirgan:

“Kim haq yoki nohaqligi, qaysi tomonga qarashga bog‘liq”.

Qayd etish kerakki, Inkuzart tomonidan Toshkent ko‘chalaridagi devorlarga chizilgan qator suratlar hokimiyat vakillari tomonidan o‘chirtirilgan. Bular qatorida UzautoMotors monopoliyasi, benzin narxi oshib ketgani hamda taniqli olim Albert Eyntshteynga bag‘ishlab chizilgan suratlarni keltirish mumkin. Shuningdek, gimnastikachi Oksana Chusovitinaga atalgan graffit boshqalar tomonidan o‘zgartirib qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

350

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing