Toshkentdagi yo‘l bo‘ylarida pullik “parkovka”lar tashkil etilishi mumkin

Jamiyat

image

Toshkentda avtomobillar uchun yo‘l bo‘ylarida pullik to‘xtash joylari tashkil etilishi mumkin. Bu haqda Transport vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Toshkent shahar transporti va yo‘l-transport infratuzilmasini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” loyihasida belgilangan.

Loyihada keltirilishicha, Toshkent shahridagi tirbandliklarni, markaziy ko‘chalarda transport oqimini kamaytirish, shaxsiy va jamoat transportining o‘rtacha harakatlanish tezligini oshirish, avtomobillarning yo‘l bo‘yida betartib to‘xtashini tartibga solish, transport vositalaridan atrof-muhitga chiqarilayotgan zaharli moddalar miqdorini kamaytirish, aholining jamoat transportidan foydalanishini rag‘batlantirish maqsadida Toshkent shahrida yagona avtomobil yo‘l bo‘yi pullik to‘xtash joylari tizimini tashkil etish zarur.

Ushbu yagona tizimga shahar markazida, yirik bozorlar, savdo markazlari oldida tashkil etiladigan avtomobillarning yo‘l bo‘yi pullik to‘xtash joylari, yirik transport bog‘lamalari, metroning oxirgi va yo‘lovchi oqimi yuqori bo‘lgan bekatlari va shaharga asosiy kirish joylari yonida tashkil etiladigan avtoturargohlar, aholi yashash joylarida tashkil etiladigan ochiq avtomobil saqlash joylari tarmoqlari kiritilishi kerak.

Birinchi bosqichda Toshkent shahrining 10 ta ko‘chasida, kelgusida talabdan kelib chiqib boshqa ko‘chalarda ham avtomobillarning avtomatlashtirilgan yo‘l bo‘yi pullik to‘xtash joylari tizimi davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida tashkil etiladi.

Tizimni barpo etish jarayonida yo‘l bo‘yi pullik to‘xtash joylariga yondosh hududdagi piyoda yo‘laklarini ta’mirlash va velosiped yo‘laklari tashkil etish ishlari amalga oshiriladi. Bu esa o‘z navbatida hududdagi transport tizimi holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

58

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing