Toshkentda psixotrop dorilarini sotayotgan “apteka” rahbari ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahri Olmazor tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan dorixona aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda “M.F.” MCHJ rahbari K.A. MCHJ dorixonasida fuqaro E.X.ga 30 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini shifokor retseptisiz 210 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Ushbu dorixonadan 1 320 dona “Karbamazepin” 80 dona “Tebantin” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda yashirin narkolaboratoriya aniqlangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent psixotrop dori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing