Toshkentda prokuratura tergovchisi 20 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Olmazor tumani prokuraturasi tergovchisi pora bilan ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Toshkent shahrida gul yetishtirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJning muqaddam prokuratura organlarida ishlagan va sudlangan yuristi savdo-sotiq sohasiga ixtisoslashgan MCHJ mansabdor xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 184- (Soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) va 189-moddalari (Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) bilan ish qo‘zg‘atilib, Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi sifatida jalb qilingan shaxsga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llamaslik masalasini mazkur tuman prokuraturasi mansabdor shaxslari orqali hal qilib berish evaziga 30 ming AQSH dollari talab qilib, shundan 20 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, MCHJ yuristining avtomashinasida tergovchi undan ushbu pul mablag‘ini pora sifatida olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Holat protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Hozirda prokuratura tergovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) 3-qismi "a" bandi bilan, mas’uliyati cheklangan jamiyat yuristiga nisbatan esa Jinoyat Kodeksining 212-moddasi (Pora olish-berishda vositachilik qilish) 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyati Pop tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i 160 ming AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora prokuratura

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing