Toshkentda “Poytaxt bank” bankomatidan 20 millionni o‘g‘irlaganlar qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Nurafshon tumanidagi bankomatdan 20 mln so‘mga yaqin pulni o‘g‘irlagan besh nafar shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2021 yilning 11 dekabr kuni tungi soat 02:30larda bir guruh noma’lum shaxs (yuziga niqob va qo‘liga qo‘lqop kiygan holda temir moslama bilan qurollanib) Nurafshon shahar markazida o‘rnatilgan “Poytaxt bank” AJga qarashli bankomatlarning biriga hujum qilgan. Shundan so‘ng kodli seyfni buzish orqali bankomat ichidan jami 19 mln 433 ming so‘m miqdoridagi pullarni olib (bankomat ichida yana 180 mln so‘m pul bo‘lgan), voqea joyidan yashiringan.

Aniqlanishicha, ushbu jinoyatni – O‘rta Chirchiq va Bektemir tumani hamda Nurafshon shahrida yashovchi 22-24 yosh orasidagi 5 nafar shaxs sodir qilgan.

Ular O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Surishtiruv davomida ushbu shaxslar 13 dekabr kuni ham shahar markazidagi oziq-ovqat do‘konini oldiga o‘rnatilgan “paynet” to‘lov terminalini buzib, ichida bo‘lgan pulni olmoqchi bo‘lganligi biroq ularning bu harakati natija bermagani aniqlangan.

Xabarga ko‘ra, jinoyatni sodir etgan shaxslar tomonidan foydalanilgan buyum va daliliy ashyolar belgilangan tartibda olingan. Nurafshon shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan ushlangan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-, 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

250

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing