Toshkentda poyezd relsdan chiqib ketdi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 11 mart kuni soat 12:05 larda “Qo‘qon-To‘qimachi-Aris” (Qozog‘iston) yo‘nalishidagi yuk poyezdining 3 ta vagoni Yashnobod tumanidagi “Hamza-Toshkent tovar” temir yo‘l bekatlari oralig‘ida relsdan chiqib ketgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Qayd etilishicha, poyezd tarkibida jami 51 ta har-xil turdagi bo‘sh vagonlar bo‘lgan. Hodisa oqibatida tan jaroxati olgan shaxslar mavjud emas. 

Shamsutdinovga ko‘ra, voqea joyida tergov-tezkor guruxi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing