Toshkentda podstansiyadagi transformator yonib ketdi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi podstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 17 iyul kuni soat 01:31 da tumanning Avayxon ko‘chasida joylashgan podstansiya ichida transformator yonayotgani to‘g‘risida boshqarmaga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 01:37 da yetib borib, yong‘in soat 02:06 da o‘chirilgan.

Bildirilishicha, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi podstansiyada yong‘in sodir bo‘lgandi. Manzilda podstansiya hududidagi transformator kabellari yonib zararlangani aniqlangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing