Toshkentda plastigiga pul tushirtirib, naqdini bermaydigan “shovvoz” ushlandi
3-sahifa
−
08 yanvar 2024
9416Ijtimoiy tarmoqlarda “Paynet” shoxobchasida plastik kartasiga pul tushirtirib, naqd pulni bermasdan qochib ketayotgan shaxsning videolari tarqaldi. Ushbu shaxs Toshkent shahar IIBB tomonidan qo‘lga olindi. Boshqarma ushbu holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Bildirilishicha, joriy, 2024 yilning 3 yanvar kuni 1993 yilda tug‘ilgan Husanov Kamron Xisrav o‘g‘li Olmazor tumanidagi “Paynet” shoxobchasiga kirib, plastik kartasiga 682 ming so‘m miqdoridagi pulni o‘tkazishni so‘ragan. Aytilgan summa plastik kartasiga tushirilgach, gumonlanuvchi naqd pulni to‘lamasdan u yerdan qochib ketgan.
E’tiborlisi, tarmoqlarda shunday holat tasvirlangan yana bir nechta videolar aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi (“Talonchilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Ichki ishlar boshqarmasi ushbu fuqarodan jabr ko‘rgan yoki u haqida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan 102 raqamiga murojaat qilishni so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida do‘kon qarshisidagi infokioska (Paynet qurilmasi)ni o‘g‘irlab ketgan erkak ushlangandi.
LiveBarchasi